Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
#doimiy komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi “2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi shifokorining hisoboti eshitildi.
✔️Yig‘ilishda bolalar o‘rtasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik ko‘riklarni sifatli tashkil etish, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish hamda kasalliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
✔️Shuningdek, bolalar salomatligini muhofaza qilish, zamonaviy diagnostika va davolash xizmatlaridan samarali foydalanish, xavf guruhiga kiruvchi bolalarni muntazam nazorat qilish hamda tibbiyot muassasalari bilan mahallalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
✔️Doimiy komissiya a’zolari tomonidan sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilib, qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
✔️Yig‘ilish yakunida bolalar salomatligini muhofaza qilish va onkologik kasalliklarga qarshi kurashish borasidagi ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5