Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha
doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada
tashkil etildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
8-noyabrdagi PQ–389-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish
orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan
O‘zXDP tuman kengashi rahbari O. Yusupovaning axboroti tinglandi.
Ta’kidlanganidek, mazkur qaror aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini
oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim dasturilamal
bo‘lib xizmat qilmoqda. Yig‘ilish davomida sohaga oid mavjud muammolar va
ularning yechimlari yuzasidan taklif-mulohazalar bildirilib, belgilangan
vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul
qilindi.