Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Uchinchi chaqiriq xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tumandagi mavjud zaxiralarni ishga solish, yangi tizim asosida sanoat va iqtisodiy salohiyatni oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda murojaatlar ijrosini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddilar axborot va hisobotlari tinglandi.

Sessiya davomida Chilonzor tumanining 2026-yildagi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining birinchi chorak yakunlari, mahalliy budjetning erkin qoldiq mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish hamda budjet daromadlari ijrosi, soliq tushumlari va mavjud rezervlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Slide 1 of 12