Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
#doimiy komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Jondor tumanida 2026 yilgi “Mening bog‘im” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan “Yashil bog‘” loyihasi bilan tanishildi.
O‘rganish jarayonida mazkur loyihani Oydug‘di mahallasi markazida barpo etish masalalari muhokama qilinib, aholi uchun qulay va zamonaviy dam olish hududini tashkil etish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi. Xususan, hududni ko‘kalamzorlashtirish, bolalar o‘yin maydonchalari, yoritish tizimi hamda aholiga munosib sharoit yaratish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Deputatlar tomonidan loyihani amalga oshirishda mahalla aholisi fikri va ehtiyojlarini inobatga olish muhimligi ta’kidlanib, “Yashil bog‘” kelgusida fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishi uchun xizmat qiladigan zamonaviy maskanga aylanishi qayd etildi.
Shuningdek, loyihani sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4