Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova xotin-qizlar faolining ish hujjatlarini olib borish tartibi bilan tanishdi.

Mahallada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faolining ish hujjatlari yuritilishi holati o’rganildi. Tashrif davomida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, murojaatlar bilan ishlash tartibi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ro’yxati hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga oid hujjatlarning belgilangan tartibda yuritilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo’naltirish, ijtimoiy-ma’naviy qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Faol tomonidan ish hujjatlarini tartibli va mas’uliyat bilan yuritish, har bir murojaatni o’z vaqtida nazoratga olish hamda muammolarni hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilayotgani ko'rib chiqildi.

Tashrif yakunida deputat tomonidan ish samaradorligini yanada oshirish, hujjatlar yuritilishini takomillashtirish hamda xotin-qizlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 1