Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “Xo‘jakent” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha hokim yordamchisi R.Amanov faoliyati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish, tomorqadan samarali foydalanish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔵Shuningdek, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, ularning daromad manbaini yaratish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar muhokama etildi. Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olinib, mavjud muammo va takliflar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlikka qiziquvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔵Shu bilan birga, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida mahalladagi Mirzaobod ko‘chasining 600 metr qismini asfaltlashtirish, 14 beton stolbalarni o‘rnatish hamda 2 ta ikki qavatli uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar yuzasidan mahalla raisi bilan suhbatlashildi.

 🔵Mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish, hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini oshirish va aholi muammolarini tizimli hal etish masalalari deputat tomonidan nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3