Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq tumanida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar muammolarini hal etish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning “Xumson” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim L.Musayev faoliyati o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan 40 nafar fuqarolar holati, ularga ajratilayotgan nafaqa va moddiy yordamlar, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔵Suhbat davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, har bir ehtiyojmand oilaning holatidan doimiy xabardor bo‘lish va ularning muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish muhim ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🔵Shuningdek mahalla raisi bilan muloqot o‘tkazib, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida:
     78 ta beton stolbalar o‘rnatish;
     2,2 km ichki yo‘llarni asfaltlashtirish;
     ichimlik suvi rezervuarini qayta qurish;
     davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil qilish bo‘yicha takliflari muhokama qilindi.

🔵Mahallada ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish va aholining ijtimoiy muammolarini hal etish masalalari deputat tomonidan nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3