Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini mustahkamlash, qonunchilik hujjatlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda rahbarlarning mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Payariq tumanini murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish yuzasidan ishlab chiqilgan HARAKATLAR REJASI ko‘rib chiqildi.

Rejada aholi murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish, takroriy murojaatlarni kamaytirish, aholining muammolarini joyiga chiqib o‘rganish, ochiq muloqotlarni kengaytirish hamda murojaatlar bilan ishlashda raqamli tizimlardan samarali foydalanish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 3