Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Abulqosimova tomonidan tumandagi Saroy mahallasida “Tashabbusli byudjet” jarayoni doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

✏️O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha bildirilgan takliflar asosida
2025-yil 2-mavsum g‘olibi deb topilgan loyihaning amalga oshirilish holati ko‘zdan kechirildi.

💸Mazkur loyiha doirasida Nurobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Sazag‘on hududiy bo‘limidagi bo‘sh yer maydonida yangi zamonaviy shifoxona qurilishi ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 500 million so‘mni tashkil etadi.

✅O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅Bu kabi loyihalar hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 6