Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIGA OID QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

⏺Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Xushvaqtov hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan birgalikda tumandagi 19-son maktabgacha ta’lim tashkilotida muassasa rahbari B.Rasulova ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

⏺Uchrashuv davomida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada olib borilayotgan ishlar hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

💬Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ–595-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Xususan, qonunda belgilangan bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olish huquqlari, ta’lim jarayonida xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan normalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

✅Bunday uchrashuvlar sohadagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, ta’lim tizimidagi islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3