Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Mahalla rivoji va aholi bandligi — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ishchi uchrashuv davomida mahalladagi xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholining bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda yangi biznes loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida hokim yordamchisi tomonidan onlayn platformalar orqali olib borilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan “Biznes loyihalar” ijrosi yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Deputat Sh.Dehqonov tomonidan mahalla aholisining turmush darajasini yaxshilash, bandlikni oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, mahallabay ishlash tizimi orqali aholining ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda fuqarolar bilan manzilli ishlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur uchrashuv hududni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2