Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi 23-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi piyodalar yo‘lakchasi yo‘qligi yuzasidan aholi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan bildirilgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

📌 O‘rganish jarayonida o‘quvchilarning maktabga borib-kelishida xavfsizlikka tahdid soluvchi holatlar mavjudligi, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

⚠️ Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

📨 Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Xorazm viloyati bo‘linmasi rahbari K. Jumaniyozov nomiga 2-09-328-sonli murojaat yo‘llanib, unda quyidagilar so‘raldi:

🚶‍♀️ 23-son maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun
📍 Al-Xorazmiy ko‘chasiga 2500 metr piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish
🚧 37-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti oldidan o‘tuvchi markaziy yo‘lga
sun’iy to‘siq (tezlikni cheklovchi vosita) o‘rnatish

👍 Ushbu tashabbuslar hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.