Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 4-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat I.Raximov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi T.Xaydarovlar tomonidan “Do‘stlik” MFYda hokim yordamchisi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, mahalla hokim yordamchisi tomonidan bugungi kunga qadar 15 nafar fuqaro uchun jami 270 million so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashilgan. Natijada fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish, oilaviy biznesni kengaytirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

2026-yilning o'tgan davri davomida 14 nafar fuqaroning bandligi ta'minlangan.

Shuningdek, hozirgi kunda yana 3 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi maqsadida kredit olish uchun hujjatlari tijorat banklariga yuborilgani ma’lum qilindi.

O‘rganish jarayonida mas’ullarga aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, kredit mablag‘laridan samarali foydalanishni nazorat qilish hamda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4