Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O.Muzaffarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov va bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida “Jamiyat” mahalla fuqarolar yig‘inida ta’mirtalab ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahalla hududidagi ayrim ichki ko‘chalarda fuqarolar harakati uchun noqulaylik tug‘dirayotgan yo‘l muammolari, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlarini jadallashtirish hamda aholiga qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
✔️Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi taklif hamda murojaatlari tinglandi. Bildirilgan fikrlar asosida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi muhokama qilindi.
✔️Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish deputatlar va mutasaddilar e’tiboridagi ustuvor masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 3