Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Xotira va qadirlash kuni arafasida qabristonlarni chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarini borishi deputatlar nazoratida.

Xotira va qadirlash kuni arafasida tuman hududida joylashgan qabristonlarda obodonlashtirish va tozalik ishlari Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Soliyev, deputatlar M.Jumayeva, M.Atoyevalar tomonidan nazoratga olindi. Ushbu xayrli tadbirlar doirasida hududlarni tartibga keltirish, ziyoratgohlarni obod qilish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Tashkil etilgan hasharlar davomida mahalla fuqarolari, nuroniylar hamda yoshlar faol ishtirok etib, qabristonlar atrofida yig’ilgan chiqindilar tozalandi, yo’laklar obodonlashtirildi hamda umumiy sanitariya holati yaxshilandi. Jamoatchilikning bunday faol ishtiroki tadbirning yanada samarali va uyushqoq o’tishiga xizmat qildi.

Deputatlar tomonidan olib borilgan nazorat jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar sifatli tashkil etilayotgani, fuqarolarning tashabbuskorligi va hamjihatligi yuqori ekanligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, muqaddas joylarni asrab-avaylash, ularni doimiy ravishda ozoda saqlash har bir fuqaroning ma’naviy burchi ekani qayd etildi.

Tadbir yakunida bunday xayrli ishlar kelgusida ham muntazam davom ettirilishi, mahallalarda obodonchilik va tozalik madaniyatini yanada yuksaltirish bo’yicha tegishli tavsiya va yo’l-yo’riqlar berildi. 
 

Slide 1 of 1