Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Deputat va partiya vakillari mahalla faoliyatini o‘rgandi

Deputat va partiya vakillari mahalla faoliyatini o‘rgandi

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashining 7-Mayda saylov okrugi deputati M.Xudoyqulova hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi N.Mirzayevlar mahalla yettiligi faoliyati o‘rganish maqsadida G‘ishtli mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.

📊 Uchrashuvlar davomida mahalla yettiligining faoliyati, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar muammolarini hal etish hamda hududda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq vazifalar belgilab olindi. Mutasaddilar mahalla tizimini yanada takomillashtirish, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda joylarda ijtimoiy muhitni yaxshilash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.