Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Кo’p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan deputat ochiq muloqot o’tkazdi.

Ko’p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush sharoitlari, ular uchun yaratilgan infratuzilma imkoniyatlari hamda mavjud muammo va takliflarni o’rganish maqsadida 1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev joyiga chiqqan holda suhbat o’tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, uy-joy atrofidagi obodonlashtirish ishlari, ichki yo’llar holati, chiqindilarni olib chiqish tizimi, yoritish vositalari hamda kommunal xizmatlar sifatiga oid masalalar muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat e’tiborsiz qolmasligi, fuqarolarning muammolarini tizimli ravishda o’rganish va bosqichma-bosqich hal etish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, aholi bilan doimiy muloqotni yo’lga qo’yish, mahalladagi muhitni yanada obod va qulay qilish bo’yicha amaliy ishlar davom ettirilishi qayd etildi. 

Slide 1 of 1