Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📝 Mazkur komissiya kun tartibiga kiritilgan Bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam kirgan umumta’lim maktablarida olib borilayotgan ta’lim sifatini, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Bakiev Bahrom Mirg‘aniyevichning hisoboti deputatlar tomonidan eshitildi.

📁 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda kun tartibidagi Toshkent shahar, Sergeli tumanida joylashgan 46-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotini qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Davlatov Ilhomjon G‘ulamjanovich yig‘ilish qatnashchilariga hisobot berdi. Ushbu masala deputatlar tomonidan tinglanib atroflicha muhokama qilindi va hisobotdagi kamchiliklar sababli ushbu masala deputatlar tomonidan keyingi yig‘ilishga qoldirildi.

📉 Kun tartibidagi yakuniy Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 7-son bolalar musiqa va san’at maktabiga O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zakirov nomini berish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala bo‘yicha Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Bahromov Bekzod Bahromovich o‘z hisobotini komissiya a’zolariga taqdim etdi.

🔍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9