Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi
Deputat faoliyatidan

 “Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat” g‘oyasi
mamlakatimizda inson qadri va aholi salomatligini ta’minlashga qaratilgan
islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lmoqda. Ana shu ezgu maqsad yo‘lida
Qo‘shko‘pir tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari tomonidan
Taraqqiyot va Madaniyat mahallasida istiqomat qiluvchi 70 nafar fuqaro chuqur
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
 

Tadbir jarayonida aholi salomatligini muhofaza qilish,
profilaktik tibbiyotni kuchaytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni
qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Ushbu xayrli tashabbusda O‘zbekiston Xalq demokratik
partiyasi Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi O.Yusupova hamda Xalq deputatlari
Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Sattarova Dinora Jumanazarovna ishtirok
etib, aholi bilan muloqot qildi, fuqarolarning murojaat va takliflarini
tingladi.
 

Bunday amaliy ishlar yurtimizda inson manfaatlarini
ulug‘lash, xalq salomatligini muhofaza qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini
barpo etish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning yana bir yorqin namunasi
bo‘ldi.
  

Slide 1 of 1