Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi
Mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda

Mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullayevna tomonidan mahalla hududidagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Nurafshon” ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldidagi aholi foydalanib kelayotgan o‘rindiqlarning texnik holati o‘rganilib, ularni ta’mirlash yuzasidan tegishli shirkatga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Murojaat asosida hududdagi barcha o‘rindiqlar to‘liq qayta ta’mirlanib, tartibga keltirildi hamda yangidan bo‘yaldi. Amalga oshirilgan ushbu ishlar mahalla aholisi uchun yanada qulay va obod muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Hududlarni obodonlashtirish, fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi bunday amaliy sa’y-harakatlar aholi roziligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 3