35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QORAMANGIT MFYDA YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SANCHIQUL MFYDA SUG‘ORISH SUVLARI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
RAVOT MFY RABG‘UZIY KO‘CHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
SANCHIQUL MFYDA ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«NAVRO‘Z» TEZ TIBBIY YORDAM SHOXOBCHASI FAOLIYATI VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
PARCHAQARA MFY O‘QUYLAR KO‘CHASIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI ASOSIDA HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILADI
янв.21
PARCHAQARA MFY O‘QUYLAR KO‘CHASI HOLATI O‘RGANILDI
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tumanning “Daxana” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli N.Tuychiyeva faoliyati o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada olib borilayotgan ishlar, xususan, ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni bandlikka jalb etish, oilaviy muammolarni bartaraf etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi faoliyat tahlil qilindi. Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar holati ko‘rib chiqildi.

🔷Deputat tomonidan xotin-qizlar faolining aholi, ayniqsa, ehtiyojmand oilalar bilan muloqoti, ularning muammolariga yechim topishdagi sa’y-harakatlari ijobiy baholandi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda, jumladan, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va huquqiy ongini oshirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1