35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Assalomu alaykum, hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!
янв.21
KUNLIK ISH REJASI ASOSIDA BELGILANGAN VAZIFALAR IZCHIL AMALGA OSHIRILDI
янв.21
748-uchastka saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar roʻyxati tasdiqlash uchun taqdim etildi
янв.21
📌 747-uchastka saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar roʻyxati tasdiqlash uchun taqdim etildi
янв.21
746-uchastka saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar roʻyxati tasdiqlash uchun taqdim etildi
янв.21
745-uchastka saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar roʻyxati tasdiqlash uchun taqdim etildi
янв.21
⚡️ Deputatlik so‘rovi natijasida Mang‘itobod mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
776-uchastka saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar roʻyxati tasdiqlash uchun taqdim etildi
янв.21
690-uchastka saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar roʻyxati tasdiqlash uchun taqdim etildi
янв.21
689-uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ro‘yxati
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjieva Muxabbat Xaydaralievna tomonidan aholini qiynayotgan bir qator dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Sharaf mahallasi 26-uy aholisi tomonidan mazkur ko‘p qavatli uydagi liftning texnik holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda lift 1988-yilda foydalanishga topshirilgani, bugungi kunda esa texnik jihatdan keskin eskirgani, tez-tez nosoz holatga kelib qolayotgani hamda fuqarolar lift ichida qamalib qolayotgan holatlar kuzatilayotgani qayd etilgan. Shu munosabat bilan liftning texnik holatini o‘rganish, uni ta’mirlash yoki to‘liq almashtirish bo‘yicha mavjud rejalar hamda aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Shuningdek, Sharq mahallasi 21-uy 7–8-podyezdlar oralig‘idagi podvallarda olib borilgan tozalash ishlaridan so‘ng chiqindilar uzoq vaqt davomida olib chiqilmagani yuzasidan ham murojaat kelib tushgan. Mazkur holat hududning sanitariya holati yomonlashishiga, noxush hidlar tarqalishiga hamda aholi noroziligiga sabab bo‘layotgani bildirilgan. Ushbu masala yuzasidan hududni chiqindilardan tozalash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Har ikki masala deputatlik nazoratiga olingan bo‘lib, mutasaddi tashkilotlardan qonunchilikda belgilangan tartibda yozma javob taqdim etilishi so‘ralgan.

Slide 1 of 1