Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat imahalla xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘rganish ishlari olib borildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 11-Muqimiy saylov okrugi deputati Z.Shodmonov tomonidan Bog‘ishamol mahallasida joylashgan qabristonlarda obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi.

Tashrif davomida qabriston hududlarining tozaligi, tartibga keltirilgani, yo‘laklar, daraxt va gulzorlarning parvarishi hamda umumiy sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari sifati, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan ushbu maskanlarni yanada obod va fayzli saqlash, aholining muqaddas qadamjolarga hurmatini mustahkamlash, ayniqsa, bayram arafasida hududlarni tartibga keltirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4