Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi raisii huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Oila mustahkamligi — jamiyat barqarorligi asosi
янв.21
Furqat mahallasidagi “Diyorabonu Fayz” MCHJ faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Reproduktiv salomatlik — jamiyat salomatligining muhim omili
янв.21
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Pastdarg‘omda “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Pastdarg‘om tumanida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilib boshlandi
янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish davom etadi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi kotibiyatida ish kuni, xodimlarning ishga o‘z vaqtida kelishi va kunlik vazifalarni to‘g‘ri rejalashtirishdan boshlanmoqda
янв.21
Hududiy dasturlar nega Kengashga kiritilmadi?
SAVRAK MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI

Savrak mahallasi aholisi tomonidan ko‘tarib kelinayotgan muammolardan biri — ichki ko‘chalarning nosoz holati edi. Ayniqsa, yomg‘irli kunlarda yo‘llarning yaroqsiz holga kelishi fuqarolarga jiddiy noqulaylik tug‘dirib kelayotgan edi.

Mazkur muammo Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati J. Shaxmaev tomonidan atroflicha o‘rganilib, mahalla ko‘chalarini shag‘allashtirish yuzasidan deputat so‘rovi kiritildi.

Quvonarlisi, ushbu murojaat ijobiy hal etilib, bugungi kunda Savrak mahallasida amaliy ishlar boshlab yuborildi. Hozirda hudud ko‘chalarida shag‘al yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar yakunlangach, mahalla aholisi uchun harakatlanish ancha qulaylashadi, transport qatnovi yaxshilanadi hamda turli noqulayliklar bartaraf etiladi.

Slide 1 of 5