Fuqarolar murojaatlari hamda hududdagi o‘rganishlar natijasida Sazag‘an mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr energiyasi ta’minotida uzilish va kuchlanishning pastligi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi.
O‘rganishlar davomida ushbu muammolarning asosiy sabablaridan biri sifatida hududni elektr energiyasi bilan ta’minlab kelayotgan 10 kVa “Pastdarg‘om” elektr uzatish tarmog‘ining eskirgani va zamon talablariga javob bermasligi qayd etildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, tegishli tashkilotlarga 2026-yil 6-aprelda 90-ds-487-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi.
Unda
🔹 Sazag‘an MFY hududini elektr energiyasi bilan ta’minlayotgan mavjud tarmoqlarning texnik holati;
🔹 10 kVa“Pastdarg‘om” elektr uzatish tarmog‘ini rekonstruksiya qilish bo‘yicha reja va muddatlar;
Mazkur masala deputat nazoratiga olingan, aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan natijaga erishish maqsad qilingan.