Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar diqqatiga! Olmazor, Eski Juma, Joul Qosim va Oqmang‘it MFYlari aholisi uchun quvonarli yangiliklar bor!
янв.21
Ilm" mahallasida yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Shombuloq MFYda nochor oila uy-joy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash yo‘lida muhim tashabbus
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi
янв.21
Uchtepa va Yangiqishloqda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Deputat va jamoatchilik vakilli ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash – ustuvor vazifa
янв.21
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘lida muhim qadam
Deputat mahalladagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 7-Qo‘rg‘oncha okrugidan saylangan deputati Norqobilov Shuhrat Ravshanovich tumandagi “Gulobod” MFYda mahalla yettiligi va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rgandi.

Dastlab deputat "Gulobod " mahallasida - mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan suhbatlashib, bu yerda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan qiziqdi.

Shundan so‘ng, mahalla hududiga chiqib, mahalladagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan uchrashdi. Jumladan, “Muhammadjon- Sevinch” oilaviy korxonasi rahbari Qurbonova Mastona xonadoniga bordi. Ushbu oilaviy korxona 2024-yildan tashkil etilib, faoliyati bo‘yicha 3 xil turdagi antifriz (avtomobil dvigatelini sovutish tizimi uchun maxsus muzlatmaydigan suyuqlik, qishda muzlashdan va yozda qaynatishdan saqlaydi) mahsulotini ishlab chiqaradi. Korxonada 5 nafar ishchilarning doimiy bandligi ta’minlangan. Oilaviy korxona rahbari o‘z oldiga kelajakda sifatli mahsulotlar sonini ko‘paytirgan holda ish o‘rinlari sonini oshirishni maqsad qiligan.

O‘rganish davomida tadbirkorni bugungi kunda qiynab kelayotgan muammo va soha bo‘yicha bildirgan takliflarini tingladi. Tadbirkor ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini kengashtirish uchun qo‘shimcha bo‘sh joyga ehtiyoji borligini ma’lum qildi.

Deputat korxona rahbari tomonidan taqdim etilgan masalani e’tiborga olib, bu bo'yicha tumandagi tegishli mas’ul tashkilot rahbariga murojaat qilib yechimini qilish yuzasidan vazifa belgilab oldi.

Slide 1 of 4