Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar diqqatiga! Olmazor, Eski Juma, Joul Qosim va Oqmang‘it MFYlari aholisi uchun quvonarli yangiliklar bor!
янв.21
Ilm" mahallasida yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Shombuloq MFYda nochor oila uy-joy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash yo‘lida muhim tashabbus
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi
янв.21
Uchtepa va Yangiqishloqda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Deputat va jamoatchilik vakilli ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash – ustuvor vazifa
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
Kengash_faoliyati

SALOMATLIK — ENG OLIY NE’MAT: DEPUTAT O‘RGANISHI MARKAZIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati S.Shaydilov uman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulovlar tomonidan tomonidan “Limonzor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.

✅ O‘rganish obyekti: Bandixon tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 39-oilaviy poliklinikaning “Limonzor” filiali.

✅ O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?

Deputat muassasadagi mavjud holatni ko‘zdan kechirar ekan, quyidagi jihatlarni tahlil qildi:

✅ Tibbiy xizmat sifati: Aholiga o‘z vaqtida va sifatli birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish darajasi;

✅ Dori-darmon ta’minoti: Shoshilinch yordam uchun zarur bo‘lgan dori vositalarining zaxirasi;

✅ Shart-sharoitlar: Tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda xonalarning sanitariya holati;

✅ Murojaatlar tahlili: Mahalla ahlining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi.

✅"Asosiy maqsadimiz — chekka hududlarda ham aholining sifatli tibbiy xizmatdan bahramand bo‘lishini ta’minlash. Har bir fuqaro o‘z mahallasida malakali tibbiy yordam olishga haqli," — deydi deputat S.Shaydilov.

✅ Natija va chora-tadbirlar:

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, tibbiyot maskanining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Inson qadri va uning salomatligi doimo e’tiborda!

Slide 1 of 3