Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar diqqatiga! Olmazor, Eski Juma, Joul Qosim va Oqmang‘it MFYlari aholisi uchun quvonarli yangiliklar bor!
янв.21
Ilm" mahallasida yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Shombuloq MFYda nochor oila uy-joy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash yo‘lida muhim tashabbus
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi
янв.21
Uchtepa va Yangiqishloqda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Deputat va jamoatchilik vakilli ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash – ustuvor vazifa
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.

Toshloq tumani Kengashi deputati R.Matqulov tomonidan 19-Xonariq saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalining ta’mirtalabligi hamda sport anjomlarining eskirgani aniqlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborilgan.

Mazkur so‘rovga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etilib, unda tumandagi og‘ir toifadagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijtimoiy soha obyektlarini Jahon banki grant mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirlash rejalashtirilganligi ma’lum qilingan. Xususan, Xonariq mahalla fuqarolar yig‘ini ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

Shuningdek, hududdagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini 2026-yil davomida to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarish belgilangan bo‘lib, mazkur jarayonda maktabning sport infratuzilmasini yaxshilash ham inobatga olinishi qayd etilgan.

Slide 1 of 1