Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xonchorbog‘ va Elbek aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi 12-son OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Talabalar yotoqxonasi holati deputat e’tiborida
янв.21
Mehnat mahallasida ijtimoiy obyektlar holati deputat nazoratida
янв.21
Quyi Darg‘om mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Baxshiboyi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Juma shaharchasida yirik renovatsiya loyihasi nazoratda
янв.21
Mahallada tinchlik va xavfsizlik – ustuvor vazifa
янв.21
Deputat B. Sadikova Turkman MFYda: yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor
янв.21
Go‘zalkentda ta’lim maskaniga e’tibor: kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
40-maktabda ta’lim sharoiti o‘rganildi: muammolar deputat nazoratida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi KQ-102-V-sonli (https://lex.uz/docs/-7433536) qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi KQ-102-V-sonli (https://lex.uz/docs/-7433536) qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🫠Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishida Kengash kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda bosh mutaxassisi A.Mamarajabovlar ishtirok etdi. Yig'ilishda guruh faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

👨‍👩‍👦 Jumladan, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda Kengash faoliyatida faol ishtirokini ta’minlash, hududdagi yoshlar muammolarini aniqlash va ularning yechimiga doir takliflar ishlab chiqish, yoshlar manfaatlarini inobatga olgan holda qaror loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, qonunchilik hujjatlarini o‘rganish va takomillashtirish yuzasidan takliflar berish, yoshlar siyosatiga oid dasturlar va tashabbuslarda faol qatnashish, yoshlar masalalari yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

🔵Shuningdek, yoshlar maslahat guruhi a'zolari o‘z taklif va tashabbuslari bilan bevosita Kengash faoliyatida ishtirok etishi, deputatlar bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kuchaytirish, yoshlar muammolari tizimli ravishda o‘rganib, amaliy yechimlar ishlab chiqish lozimligi ta'kidlandi.

🗣Yoshlar maslahat guruhi — bu yoshlarning ovozi eshitiladigan, ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadigan hamda hudud rivojiga bevosita hissa qo‘shadigan muhim platformadir.

 (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 7