Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xonchorbog‘ va Elbek aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi 12-son OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Talabalar yotoqxonasi holati deputat e’tiborida
янв.21
Mehnat mahallasida ijtimoiy obyektlar holati deputat nazoratida
янв.21
Quyi Darg‘om mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Baxshiboyi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Juma shaharchasida yirik renovatsiya loyihasi nazoratda
янв.21
Mahallada tinchlik va xavfsizlik – ustuvor vazifa
янв.21
Deputat B. Sadikova Turkman MFYda: yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor
янв.21
Go‘zalkentda ta’lim maskaniga e’tibor: kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
40-maktabda ta’lim sharoiti o‘rganildi: muammolar deputat nazoratida
MAKTAB SPORT ZALLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR DEPUTAT NAZORATIDA

📌 MAKTAB SPORT ZALLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarining sport infratuzilmasi holati yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔹 Moddiy-texnik baza: Sport zallarining jihozlanish darajasi va mavjud sport anjomlarining yaroqliligi;
🔹 Sanitariya-gigiyena: Yuvinish xonalari va kiyim almashtirish joylarining bugungi kun talablariga mosligi;
🔹 Isitish tizimi: Qishki mavsumda sport zallarida me’yoriy haroratning saqlanishi.

⚠️ O'rganish natijalari shuni ko'rsatdiki, ayrim maktablarda sport inventarlari eskirgan, ayrimlarida esa isitish tizimida kamchiliklar mavjud. Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maktab ma’muriyatlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga muddatli tavsiyalar berildi.

🚀 “Yoshlarimizning chekka hududlarda ham zamonaviy sharoitlarda sport bilan shug‘ullanishi biz uchun ustuvor vazifa,” — deydi deputat B.Mirzabekov. 

Slide 1 of 1