Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
янв.21
33 yillik muammo yechim kutmoqda
янв.21
Yangi Sanoat MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qozoq Nayman mahallasida aholi uchun xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
“TO‘LOVGA QOBILIYaTSIZLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNI PASTDARG‘OM TUMANIDAGI IJROSINI O‘RGANISh BO‘YIChA DEPUTATLIK SAVOLNOMASI
янв.21
“MANFAATLAR TO‘QNAShUVI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNI PASTDARG‘OM TUMANIDAGI IJROSINI O‘RGANISh BO‘YIChA DEPUTATLIK SAVOLNOMASI
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputatlari 4-8-may kunlarida
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET NATIJALARI: 2026-YIL 1-CHORAK HISOBOTI TASDIQLANDI
#sorov_javobi 🚧 Yo‘l masalasi yuzasidan deputat so‘roviga javob olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Vasila Soliyeva tomonidan “Humo” mahallasi Chayjovul qishlog‘i hamda “Murodobod” mahallasi Chambil qishlog‘ini bog‘lovchi Humo ko‘chasining holati yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga rasmiy javob xati kelib tushdi.

Mazkur murojaat asosida Ishtixon tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan yo‘l holati joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganishlar natijasida ushbu ichki yo‘l 2026-yil uchun rejalashtirilgan umumiy ta’mirlash loyihasiga kiritilmagani aniqlangan.

Shu bilan birga, yo‘lning mavjud holatidan kelib chiqib, u 2026-yil davomida amaldagi tartib asosida asfalt bilan yamash va kartali ta’mirlash ishlari rejasiga kiritilishi ma’lum qilindi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, hudud aholisi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. 

Slide 1 of 1