Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
#96_qonun 🩺 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonun targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nasiba Xakimova tomonidan Ishtixon tumani 8-oilaviy poliklinikasida poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolar ishtirokida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-son Qonunining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, mazkur qonun fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqini ta’minlash hamda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan muhim huquqiy asos hisoblanadi.

Shuningdek, fuqarolarga o‘z sog‘lig‘ini asrash, profilaktik ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish hamda tibbiy xizmatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/)

Slide 1 of 2