Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xonchorbog‘ va Elbek aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi 12-son OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Talabalar yotoqxonasi holati deputat e’tiborida
янв.21
Mehnat mahallasida ijtimoiy obyektlar holati deputat nazoratida
янв.21
Quyi Darg‘om mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Baxshiboyi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Juma shaharchasida yirik renovatsiya loyihasi nazoratda
янв.21
Mahallada tinchlik va xavfsizlik – ustuvor vazifa
янв.21
Deputat B. Sadikova Turkman MFYda: yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor
янв.21
Go‘zalkentda ta’lim maskaniga e’tibor: kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
40-maktabda ta’lim sharoiti o‘rganildi: muammolar deputat nazoratida
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdagi VII chaqiriq 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdagi VII chaqiriq 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

Sessiyada xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati, tuman hokimi Shuxrat Axmedov, tuman kengashi deputatlari hamda tegishli idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyani xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi Maxmud Tangriberganov boshqarib bordi. 

Sessiya kun tartibiga kiritilgan qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, Qo‘shko‘pir tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida,

Qo‘shko‘pir tumanida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida va xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 1