Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 1-Guliston saylov okrugi deputati Bahromov Isoxon Nosirovich tomonidan Guliston mahallasi yettiligi faoliyati o'rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududlarda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganishlar doirasida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qildi. Shuningdek, hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati ham o‘rganildi. Jumladan, subsidiya asosida tashkil etilgan tikuvchilik sexida tikuv mashinalari bilan ta’minlanganligi, ushbu yo‘nalishda yangi ish o‘rinlari yaratilgani hamda ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlanayotgani alohida e’tirof etildi. Bundan tashqari, avtomobil ustaxonalari faoliyati bilan tanishilib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, qulayligi hamda mavjud muammolar yuzasidan mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.Deputat tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1