Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
YOSHLAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI: TA’LIM MUASSASALARIDA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI
янв.21
Go‘zalkentdagi muammo yechimi nazoratda: oqova suv tizimini ta’mirlash ishlari davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI, DEPUTATLIK SO‘ROVI CHIQARILDI
янв.21
“Fayzobod” filiali rekonstruksiya ishlari deputat nazoratida
янв.21
Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida
янв.21
Qabriston hududidagi xavfli elektr ustunlari bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Beshbola mahallasidagi elektr ustunlari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi Raisi U. Xaydarov va shahar Kengashi deputati M. Salimova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasi mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholining muammolari, yoshlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam holati tahlil qilindi.

Xususan, “Yoshlar daftari”ga kiritish uchun murojaat qilgan 2 nafar fuqaro — 2026-yil 10-mart kuni Bozorov Otabek Ulug‘bek o‘g‘li hamda 2026-yil 24-fevral kuni Ro‘ziyev Sardor Abror o‘g‘lining arizalari “Yoshlar balansi” platformasi orqali belgilangan tartibda ijroga qaratilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga muvofiq murojaatlarga 5 ish kuni ichida javob berilishi lozimligi belgilangan bo‘lsa-da, ushbu murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan va kechiktirilgan.

Shuningdek, xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganilganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 145-sonli qarori asosida yuritilishi lozim bo‘lgan “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi bo‘yicha individual dasturlar to‘liq ishlab chiqilmaganligi hamda ayrim holatlarda yakuniga yetkazilmaganligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish hamda tizimli nazoratni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1