Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xonchorbog‘ va Elbek aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi 12-son OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Talabalar yotoqxonasi holati deputat e’tiborida
янв.21
Mehnat mahallasida ijtimoiy obyektlar holati deputat nazoratida
янв.21
Quyi Darg‘om mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Baxshiboyi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Juma shaharchasida yirik renovatsiya loyihasi nazoratda
янв.21
Mahallada tinchlik va xavfsizlik – ustuvor vazifa
янв.21
Deputat B. Sadikova Turkman MFYda: yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor
янв.21
Go‘zalkentda ta’lim maskaniga e’tibor: kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
40-maktabda ta’lim sharoiti o‘rganildi: muammolar deputat nazoratida
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 19-Guliston saylov okrugidan saylangan deputati Yusupova Zebiniso Abdusattarovna tuman Kengashining 23-sessiyasida tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i K. Rashidovga savol bilan murojaat qildi.

#SESSIYA

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 19-Guliston saylov okrugidan saylangan deputati Yusupova Zebiniso Abdusattarovna tuman Kengashining 23-sessiyasida tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i K. Rashidovga savol bilan murojaat qildi.

Unda deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1 qarori asosida hududlarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari ayrim joylarda ishlamayotgani masalasi ko‘tarildi. Xususan, 6-maktab hududiga o‘rnatilgan kamera ham hozirda faoliyat yuritmayotgani ta’kidlandi.

Mazkur savolga javoban tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i K. Rashidov ushbu kameralarning ishlamayotgani asosan mablag‘ bilan bog‘liq muammolar sabab yuzaga kelayotganini bildirdi. Shuningdek, muammoni bartaraf etish uchun budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha yordam zarurligi qayd etildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2