Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar diqqatiga! Olmazor, Eski Juma, Joul Qosim va Oqmang‘it MFYlari aholisi uchun quvonarli yangiliklar bor!
янв.21
Ilm" mahallasida yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Shombuloq MFYda nochor oila uy-joy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash yo‘lida muhim tashabbus
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi
янв.21
Uchtepa va Yangiqishloqda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Deputat va jamoatchilik vakilli ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash – ustuvor vazifa
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

🔹 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari R.Toshniyozovaning hisoboti;

🔹 Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri A.Babajanov tomonidan hududda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish hamda sohaning asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan hisoboti;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i N.Safarovning hisoboti;

🔹 Xalq deputatlari shahar Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Samarqand shahrining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosini ta’minlash;

🔹 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi shahar bo‘limi boshlig‘i R.Islomovning 2025-yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2026-yil uchun ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi hisoboti;

🔹 Shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

📊 Mazkur masalalar:

▪️ Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha,Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari tomonidan muhokama qilindi.

📝 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni shahar Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish belgilandi.

Slide 1 of 4