Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar diqqatiga! Olmazor, Eski Juma, Joul Qosim va Oqmang‘it MFYlari aholisi uchun quvonarli yangiliklar bor!
янв.21
Ilm" mahallasida yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Shombuloq MFYda nochor oila uy-joy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash yo‘lida muhim tashabbus
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi
янв.21
Uchtepa va Yangiqishloqda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Deputat va jamoatchilik vakilli ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Elektr ta’minotini yaxshilash – ustuvor vazifa
янв.21
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘lida muhim qadam
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-Tolbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi S. Sharifova hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi R. G‘ofurovalar Parkent tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatlari jamoatchilik asosida o‘rganildi. Deputatlar poliklinikada bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, dori vositalarini qabul qilish,
saqlash hamda aholiga yetkazib berish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur jarayonlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi tomonidan poliklinikada aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, bepul yetkazib beriladigan dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish tartibi, dorilar hamda tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash mexanizmlari va ushbu jarayonlarga mas’ul bo‘lgan mutasaddilar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, hozirgi kunda tumandagi tibbiyot muassasalarida kadrlar bilan ta’minlanganlik holati haqida ham ma’lumot taqdim etildi. Xususan tibbiyot muassasalarida jami 1979 nafar xodim faoliyat olib borayotgani, shundan 247 nafari shifokorlar, 1195 nafari o‘rta tibbiyot xodimlari, 320 nafari kichik tibbiyot xodimlari hamda 217 nafari texnik va boshqa xodimlar ekanligi aytib o`tildi.Shifokorlarning 130 nafari oliy toifali, 24 nafari birinchi toifali, 37 nafari ikkinchi toifali mutaxassislar hisoblanishi, o‘rta tibbiyot xodimlarining esa 415 nafari oliy toifali, 194 nafari birinchi toifali hamda 195 nafari ikkinchi toifali mutaxassislar ekanligi aytildi.
Uchrashuv davomida aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda dori vositalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash
masalalari muhokama qilindi.
 

Slide 1 of 13