Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xonchorbog‘ va Elbek aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi 12-son OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Talabalar yotoqxonasi holati deputat e’tiborida
янв.21
Mehnat mahallasida ijtimoiy obyektlar holati deputat nazoratida
янв.21
Quyi Darg‘om mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Baxshiboyi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Juma shaharchasida yirik renovatsiya loyihasi nazoratda
янв.21
Mahallada tinchlik va xavfsizlik – ustuvor vazifa
янв.21
Deputat B. Sadikova Turkman MFYda: yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor
янв.21
Go‘zalkentda ta’lim maskaniga e’tibor: kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
40-maktabda ta’lim sharoiti o‘rganildi: muammolar deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritladigan masalalar bo‘ycha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda komissiya a’zolari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, qaror loyihalariga aloqadaro hudud deputatlari ishtirok etdilar. 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlarining ma'ruzalari tinglandi. Komissiya a’zolari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Ayrim
masalalar bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlar olib borish, tegishli tashkilotlardan qo‘shimcha ma’lumotlar olish hamda ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
 

Shuningdek, yig‘ilish davomida tuman hududida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholining dolzarb muammolarini tezkor hal etish, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash va mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Muhokamalar yakunida ko‘rib chiqilgan masalalarni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shu bilan birga, sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan aniq taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
 

Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan bildirilgan fikr va takliflar inobatga olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishi hamda navbatdagi sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4