Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xonchorbog‘ va Elbek aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi 12-son OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Talabalar yotoqxonasi holati deputat e’tiborida
янв.21
Mehnat mahallasida ijtimoiy obyektlar holati deputat nazoratida
янв.21
Quyi Darg‘om mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Baxshiboyi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Juma shaharchasida yirik renovatsiya loyihasi nazoratda
янв.21
Mahallada tinchlik va xavfsizlik – ustuvor vazifa
янв.21
Deputat B. Sadikova Turkman MFYda: yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor
янв.21
Go‘zalkentda ta’lim maskaniga e’tibor: kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
40-maktabda ta’lim sharoiti o‘rganildi: muammolar deputat nazoratida
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat Matluba Aminova saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot berildi. Xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish, infratuzilmani yaxshilash hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, 2026-yil uchun mo‘ljallangan ustuvor vazifalar va rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan ham atroflicha tushuntirish berildi. Kelgusi yilda hududda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tashabbuslar, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3