Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat murojaatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ҳурматли маҳалладошлар!
янв.21
1-sinf o‘quvchilarining ilk savod bayrami – deputat ishtirokida.
янв.21
Mahalla muammolari organildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahallalardagi ta'mirlanayotgan ichki ko'chalar bo'yicha nazorat tahlil tadbiri olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil davomidagi faoliyatiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat fuqaro murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li
янв.21
Mahallalarda aholi tomorqalarini oqar suv bilan ta'minlash ishlari deputat nazoratida.
янв.21
Deputat kambag‘allik reyestridagi oilalar xonadonlarida bo‘ldi.
Deputatlar tomonidan hududlarda mahalla tizimi samaradorligini oshirish maqsadida “Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

Deputatlar tomonidan hududlarda mahalla tizimi samaradorligini oshirish maqsadida “Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari:

Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimdan iborat "yettilik"ning o‘zaro hamkorligi va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi ishtiroki ko‘rib chiqildi.

Hokim yordamchilari tomonidan yaratilgan yangi ish o‘rinlari, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan subsidiyalar va imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi tahlil qilindi.

Ijtimoiy xodimlar va xotin-qizlar faollarining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash tizimi, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan manzilli yordamlar holati o‘rganildi.

Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat tartibini saqlash borasida profilaktika inspektorlarining amalga oshirgan ishlari samaradorligiga baho berildi.

Slide 1 of 2