Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat murojaatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ҳурматли маҳалладошлар!
янв.21
1-sinf o‘quvchilarining ilk savod bayrami – deputat ishtirokida.
янв.21
Mahalla muammolari organildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahallalardagi ta'mirlanayotgan ichki ko'chalar bo'yicha nazorat tahlil tadbiri olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil davomidagi faoliyatiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat fuqaro murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li
янв.21
Mahallalarda aholi tomorqalarini oqar suv bilan ta'minlash ishlari deputat nazoratida.
янв.21
Deputat kambag‘allik reyestridagi oilalar xonadonlarida bo‘ldi.
Saylovchilar murojaati ijobiy hal qilindi.

Nayman mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadoqat Nurmamatova aholi bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, ishsizlik muammosi, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, xususan, Qozoq Nayman mahallasidan o‘tuvchi “Barqaror” nomli ko‘chani obodonlashtirish va asfaltlash zarurligi muhokama qilindi.

Sadoqat Nurmamatovaning aytishicha, har bir tashabbus va amaliy ish avvalo jamoat bilan hamkorlikda bajarilganda samarali bo‘ladi. U mahalla faollari bilan birgalikda muayyan rejalar ishlab chiqilganini, ko‘cha obodonchiligiga esa har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi muhim ekanini qayd etdi. Fuqarolar deputatga o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Deputat har bir murojaatni alohida o‘rganib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga va’da berdi. Hozirgi kunda ushbu murojaat bo'yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Slide 1 of 2