Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat murojaatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ҳурматли маҳалладошлар!
янв.21
1-sinf o‘quvchilarining ilk savod bayrami – deputat ishtirokida.
янв.21
Mahalla muammolari organildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahallalardagi ta'mirlanayotgan ichki ko'chalar bo'yicha nazorat tahlil tadbiri olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil davomidagi faoliyatiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat fuqaro murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li
янв.21
Mahallalarda aholi tomorqalarini oqar suv bilan ta'minlash ishlari deputat nazoratida.
янв.21
Deputat kambag‘allik reyestridagi oilalar xonadonlarida bo‘ldi.
Doimiy komissiyada muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashi huzuridagi korrupsiyaga qarshi kurashish, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida sessiya muhokamasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bir qator dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Jumladan, hududda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, mavjud muammolar muhokama markazida bo‘ldi.

Mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tinglanib, har bir masala yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, yoshlar bandligini ta’minlash, hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida sessiyaga kiritiladigan masalalar bo‘yicha tegishli qaror loyihalari tayyorlash, ijro intizomini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Doimiy komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan masalalar navbatdagi sessiyada deputatlar muhokamasiga havola etilishi rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 5