Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputat va mutasaddilar aholi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi bilan muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputat nazoratida.
янв.21
Deputat taqdirlash marosimida ishtirok etdi
янв.21
Deputat o‘z hududidagi mahallalarda bo‘lib, faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida korrupsiyaga qarshi choralar: muammo va yechimlar
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilanishi — xalq manfaatlariga qaratilgan muhim qadam
Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Toyloq tumani Tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi tibbiyot muassasalari rahbarlari, bo‘lim boshliqlari hamda faol mehnat vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati N. Baxriyev ochib berdi. Deputat o‘z so‘zida Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri ishtirokchilarga Murojaatnoma mazmunini chuqur anglash va belgilangan vazifalarni amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muhim tushunchalar berdi.

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 5