Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat murojaatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ҳурматли маҳалладошлар!
янв.21
1-sinf o‘quvchilarining ilk savod bayrami – deputat ishtirokida.
янв.21
Mahalla muammolari organildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahallalardagi ta'mirlanayotgan ichki ko'chalar bo'yicha nazorat tahlil tadbiri olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil davomidagi faoliyatiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat fuqaro murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li
янв.21
Mahallalarda aholi tomorqalarini oqar suv bilan ta'minlash ishlari deputat nazoratida.
янв.21
Deputat kambag‘allik reyestridagi oilalar xonadonlarida bo‘ldi.
“Adolat” SDP Peshku tuman Kengashi raisi M. Asadova, So‘sana saylov okrugi deputati J. Abdurashidov, бир гуруҳ депутатлар ҳамда So‘sana MFY yettiligi билан ҳамкорликда маҳалла ҳудудидаги хонадонлар ва шу ҳудудда жойлашган 36-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

“Adolat” SDP Peshku tuman Kengashi raisi M. Asadova, So‘sana saylov okrugi deputati J. Abdurashidov, bir guruh deputatlar hamda So‘sana MFY yettiligi bilan hamkorlikda mahalla hududidagi xonadonlar va shu hududda joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Mazkur maktabda jami 446 nafar o‘quvchi tahsil oladi. 2-fevral holatiga ko‘ra, shundan 438 nafar o‘quvchi dars mashg‘ulotlarida qatnashgan, sababsiz dars qoldirish holatlari aniqlanmadi.

O‘rganish davomida maktab atrofi va hududida obodlashtirish ishlari olib borilgani, sinf xonalari toza va issiq holatda ekani, maktabning isitish tizimi soz va barqaror ishlayotgani qayd etildi.

Shuningdek, maktabda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida ota-onalar va maktab o‘rtasida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, o‘quvchilar muntazam nazoratda ekani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, maktab psixologi, xotin-qizlar faollari hamda ota-onalar ishtirokida o‘smir qizlar o‘rtasida tibbiy ko‘riklar tashkil etilgani, shuningdek, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgani ta’kidlandi.

So‘sana qishlog‘i hududidagi xonadonlarni o‘rganish jarayonida aholi tomonidan elektr ta’minotidagi nosozliklar hamda yer maydonlarini sug‘orishda suv tanqisligi sababli tik quduqlar tashkil etish bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Ushbu murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi

Slide 1 of 5