Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputat va mutasaddilar aholi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi bilan muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputat nazoratida.
янв.21
Deputat taqdirlash marosimida ishtirok etdi
янв.21
Deputat o‘z hududidagi mahallalarda bo‘lib, faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida korrupsiyaga qarshi choralar: muammo va yechimlar
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilanishi — xalq manfaatlariga qaratilgan muhim qadam
«Xalqlar do‘stligi» va «Dilobod» mahallalarida transport harakatini tartibga solish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash muammosi deputat nazoratiga olindi

 Chilonzor tumani 6-mavze hududida joylashgan «Xalqlar do‘stligi» va «Dilobod» mahalla fuqarolaridan okrug deputati D.Isxakovga murojaat kelib tushdi. Murojaatda mazkur mahalla hududida yaqinda faoliyatini boshlagan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «EMU – Universitet» o‘quv muassasasiga tahsil olish uchun kelayotgan talabalar tomonidan shaxsiy avtotransport vositalaridan keng foydalanilayotgani natijasida yo‘l tirbandliklari yuzaga kelayotgani qayd etilgan. 

Fuqarolarning ta’kidlashicha, mazkur holat mahalla ichki yo‘llarida harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek,
tez tibbiy yordam va yong‘in o‘chirish xizmatlari kabi maxsus avtotransport vositalarining hududga erkin kirib-chiqishida jiddiy qiyinchiliklar vujudga kelmoqda.
 

Bundan tashqari, ushbu hududda joylashgan 178-son va 182-son umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash masalasi alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 

Mazkur murojaat yuzasidan xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Isxakov Doniyor Maxmudovich tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.  

Deputat so‘rovida hududda transport harakatini tartibga solish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish masalalari ko‘tarilgan. 

Ayni vaqtda mazkur masala yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilishi va qonunchilik doirasida tegishli
qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
  

Slide 1 of 1