Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputat va mutasaddilar aholi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi bilan muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputat nazoratida.
янв.21
Deputat taqdirlash marosimida ishtirok etdi
янв.21
Deputat o‘z hududidagi mahallalarda bo‘lib, faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida korrupsiyaga qarshi choralar: muammo va yechimlar
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilanishi — xalq manfaatlariga qaratilgan muhim qadam
Jalaquduq tumanida oilaviy nizoni bartaraf etish yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi kotibiyatiga fuqaro Mashrabalieva Xusnidaxon tomonidan qilingan og`zaki murojaatga asosan tegishli tartibda o`rganish va tahlil ishlari amalga oshirildi. Mazkur murojaat yuzasidan Jalaquduq tumani Jalaquduq mahalla fuqarolar yig`ini huzuridagi oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a`zolari hamda Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati E.Qurbonov ishtirokida sud jarayonida nizolashayotgan oila holati o`rganildi. O`rganish jarayonida Jalaquduq tumani Jalaquduq MFY, Mirishkor ko`chasida yashovchi fuqaro Shukuraliev Maxamadjon hamda uning turmush o`rtog`i Mashrabalieva Xusnidaxon
o`rtasida yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchiliklar, ularning sabablari va mavjud holat atroflicha muhokama qilindi. Tomonlarning fikr-mulohazalari tinglanib, oiladagi muammolarni tinch yo`l bilan hal etish, o`zaro tushunish va murosa madaniyatini mustahkamlash yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.
Komissiya a`zolari va deputat tomonidan oilaviy munosabatlarni saqlab qolish, farzandlar manfaatlarini ustuvor qo`yish hamda milliy va ma`naviy qadriyatlarga asoslangan holda yashash bo`yicha tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 7