Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jarayon
янв.21
Deputat va aholi ochiq muloqotda
янв.21
“Vatanparvar oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
янв.21
Deputat yoshlar bilan bir safda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga hamda o‘zbek xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Murojaatnoma targ‘iboti
янв.21
Мurojaatnoma targ‘iboti
янв.21
"Turkman" mahallasida deputat va profilaktika inspektorlari ishtirokida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Мurojaat_targ‘ibot
янв.21
Мurojaat_targ‘ibot
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Loyiha doirasida deputat o‘z saylov okrugiga kiruvchi “Madaniyat”, “Sohil” va “Beruniy” mahallalarida bo‘lib, joylardagi dolzarb muammolar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, “Beruniy” mahallasida ta’mir talab, qarovsiz va foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan ixtisoslashtirilgan maktab binosi ko‘zdan kechirildi. Mazkur ta’lim muassasasining holatini yaxshilash, uni qayta ta’mirlash hamda kelgusida samarali foydalanish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Muloqot davomida asosiy muammolardan biri sifatida “Madaniyat” mahallasidagi “Tashabbuskor” ko‘chasini shag‘allantirish hamda ushbu ko‘chani asfaltlash uchun 2026-yil Davlat dasturiga kiritish zarurligi aniqlandi. Mazkur masalaning yechimi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi deputat tomonidan ta’kidlandi.

Bundan tashqari, deputat “Sohil” mahallasida yangi ochilayotgan o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, binoda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni ko‘zdan kechirdi va markaz faoliyatiga ijobiy baho berdi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 8