Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputat va mutasaddilar aholi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi bilan muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputat nazoratida.
янв.21
Deputat taqdirlash marosimida ishtirok etdi
янв.21
Deputat o‘z hududidagi mahallalarda bo‘lib, faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida korrupsiyaga qarshi choralar: muammo va yechimlar
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilanishi — xalq manfaatlariga qaratilgan muhim qadam
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna oʻzi saylangan okrugdagi “Nevich” mahallalasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan mahalladagi profilaktika inspektorining hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar masalasida bajargan ishlari bilan yaqindan tanishdi. Muloqot davomida deputat tomonidan profilaktika inspektorining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.Suhbat jarayonida profilaktika inspektorining o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyati hamda xududdagi aloxida nazorat talab etuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlari natijasida o‘tgan yili qizil toifada bo‘lgan hudud bu yil yashil toifaga o‘tkazilishiga erishilgani ma`lum bo‘ldi. Tadbir so‘ngida mahalla yettiligi bilan aholini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish bo‘yicha gaplashildi. 

Slide 1 of 4