Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat murojaatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ҳурматли маҳалладошлар!
янв.21
1-sinf o‘quvchilarining ilk savod bayrami – deputat ishtirokida.
янв.21
Mahalla muammolari organildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahallalardagi ta'mirlanayotgan ichki ko'chalar bo'yicha nazorat tahlil tadbiri olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil davomidagi faoliyatiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat fuqaro murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li
янв.21
Mahallalarda aholi tomorqalarini oqar suv bilan ta'minlash ishlari deputat nazoratida.
янв.21
Deputat kambag‘allik reyestridagi oilalar xonadonlarida bo‘ldi.
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi

Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi – muammolarga yechim, taraqqiyotga qadam

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Husanjon Abdurahmonov Tut tagi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi va saylovchilar bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla faollari bilan birgalikda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, ularni joyida hal etish mexanizmlari, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularning ijrosi bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar deputat va mahalla o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, aholi muammolarini tizimli hal etish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3